Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 22-fevral kuni shahar va tumanlarda oʻtkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida 12 nafar fuqaroning belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi aniqlandi.
Bular:
Bulungʻur tumanida – 2 nafar
Oqdaryo tumanida –1 nafar
Payariq tumanida –1 nafar
Narpay tumanida – 1 nafar
Paxtachi tumanida – 1 nafar
Qoʻshrabot tumanida – 2 nafar
Toyloq tumanida – 2 nafar
Urgut tumanida – 2 nafar
Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 430 ming soʻm jarima belgilangan.