O'zbekiston o'simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Samarqandda tashkil etilgan o'quv seminarda ma'lum qilinishicha, bugungi kunda qishloq xo'jaligi o'simliklariga turli kasalliklar bilan birga hashoratlar ham xavf solmoqda.
2021 yilda chigirtka tarqalgan 25 ming 155 gektar maydonga kimyoviy ishlov berishga to'g'ri kelgan. 2022 yilda esa viloyat hududida 31 ming gektar maydonda chigirtka tarqalishi xavfi borligi bashorat qilinmoqda va albatta, bunga qarshi kurashish choralari ham belgilangan, – deydi agentlikning chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig'i Bahodir Hudoyqulov.
– Dunyo bo'yicha chigirtkaning 1800 dan ortiq oilasi, 10 mingga yaqin turi aniqlangan. MDH mamlakatlarida esa bu hashoratning 500 dan ortiq, O'zbekistonda 200 ta turi aniqlangan bo'lib, shulardan 10-12 ta turi qishloq xo'jaligi ekinlari va yaylov o'simliklariga xavf tug'diradi.. Agar chigirtkalar yoppasiga yopirilsa yuz gektarlab maydonlardagi ekinlarni juda oz muddatda kemirib yo'q qiladi. SHuning uchun yurtimizda bu ofatga qarshi samarali kurashish choralari ko'rilmoqda.