Bu haqda “Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (410-son, 25.06.2020-yil) qabul qilindi.
Unga koʻra:
Samarqand viloyatidagi taʼlim va sogʻlikni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash maqsadida boʻsh turgan ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Bundan tashqari:
9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan Pastdargʻom tuman 3-son kasb-hunar maktabiga 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, oʻquvchilar qabul qilinadi.
Ikki oy muddatda
Urgut tumanidagi 3-son akademik litseyning bino va inshootlari negizida Samarqand davlat universiteti huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli oʻquvchilar maktabi faoliyati ham tashkil etiladi.
Tashabbuskor investorlarni jalb qilgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlarida xususiy sherikka beriladigan obyektlarning quvvatlaridan kam boʻlmaslik sharti bilan:
- Samarqand tuman agrosanoat kasb-hunar kolleji hududidagi
- Samarqand tumani, “Guliston” massivi hududidagi qishloq
samarasiz foydalanilayotgan yer maydonida viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri uchun yangi davolash binosi;
xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydonida L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish institutini joylashtirish uchun institut binosi, klinika, poliklinika hamda boshqa yordamchi binolar quriladi.