Mustaqillik bayrami arafasida ochilish marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Masjid xonaqohida bir paytning oʻzida 7500 nafar kishi namoz oʻqishi mumkin. Masjid hovlisi ham katta boʻlib, xonaqoh bilan qoʻshib hisoblaganda 10 mingdan ziyod kishi namoz oʻqish imkoniyatiga ega.
Ushbu masjidga Shayx Qutbiddinxon eshon nomi qoʻyilishi mumkin. Qutbiddin Muhiddinov – Eshoni Shayx hazratlari 1906-yil Urgut shahrida Muhiddinxon Valixon oʻgʻli xonadonida dunyoga kelib, 1983-yilda vafot etgan.
“Arab, forsiy va turkiy tillarni, adabiyotni chuqur bilganidanmi, Shayx Qutbiddinxonning atrofi hamisha tolibi ilmlar bilan gavjum edi. Hazrat nihoyatda halim va bagʻrikeng inson edi. Xoh Qurʼoni majid tafsiri, xoh hadisi sharif sharhi, arab, fors va turkiy tillar tarixi boʻladimi, xoh Abdulqodir Bedil yoki Alisher Navoiy sheʼriyati bilan bogʻliq boʻladimi, har qanday masala yuzasidan hazratga kim murojaat qilmasin, batafsil javob eshitar, shayx Qutbiddinxonga chinakam ixlosmand boʻlib, shirin suhbatlarida boʻlishni hamisha orzu qilar edi”, deb yozadi manbaa.