Quyidagilar Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- yalpi hududiy mahsulot hajmini 165 trln soʻmga yetkazish;
- sanoat va xizmatlar sohasida jami 6,8 mlrd AQSH dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;
- sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 3,5 mlrd AQSH dollariga yetkazish.
- Qarorga koʻra, Samarqand viloyati hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlar oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaruvchi “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ tashkil etiladi.
Kompaniyaning alohida yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning muassisi tomonidan belgilanadi.









