Bu haqda Samarqand viloyati IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma'lum qildi. Qayd etilishicha. viloyatdagi ko'plab avtobuslar qoidabuzarliklarni qayd etib boruvchi videoregistrator uskunalari bilan jihozlandi.
Avtobuslar mazkur videoregistratorlar orqali to'xtash mumkin bo'lmagan joylar — bekatlardagi avtomobillarni, shuningdek, yo'llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini maxsus tizimga joylashtirib boradi.