Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilgani maʼlum boʻlgan.
Oqibatda 1,1 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.