Samarqandda 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan I.A. va A.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Bosh prokuratura tomonidan joylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda, Samarqand shahridagi “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va korxonaga qarashli mebel sexi ustasi A.N.lar mebel sexini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan holda noqonuniy mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelishi oqibatida 1,8 mlrd. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.