Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning 26 nafariga yangi uy-joylar jihozlangan holda topshirilgan. Shuningdek, mehribonlik uylarida tarbiyalangan 10 nafar yigit-qizga Jomboy tumanidagi koʻp qavatli uydan kvartiralar berilgan. Uylarni topshirish marosimida viloyat hokimi E.Turdimov ham qatnashgan.
Oʻrganish jarayonlarida viloyatda bunday yoshlar 84 nafar ekani maʼlum boʻlgan. Joriy yilning 1-oktyabrgacha qolgan 58 nafar chin yetim boʻlgan yigit-qizlarga ham uy beriladi.
Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati bergan maʼlumotlarga qaraganda, 2020-yilda Samarqand viloyatida mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarning 20 nafariga yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylardan xonadonlar ajratilgan va jami 2 milliard soʻm boshlangʻich toʻlovi ham toʻlab berilgan. Shuningdek, yana 12 nafar yigit-qizlar hokimlik tomonidan 1 va 2 xonali uylar bilan taʼminlangan. Jumladan, mehribonlik uyida tarbiyalangan, ammo oʻz uy-joyiga ega boʻlgan yoshlarning xonadonlari hokimlik va homiylar koʻmagida taʼmirlab berilmoqda.
Samarqand viloyat hokimligi Axborot xizmati