Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Bulungʻur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX postida tezkor tadbir oʻtkazdi.

Tadbirda “Samarqand- Toshkent” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida “ISUZU” haydovchisining yonidan qalbaki deb gumon qilingan, yaʼni ayrim kupyuralarning seriya raqami bir xil boʻlgan 29 900 AQSH dollari borligi aniqlandi, hamda holatga oydinlik kiritilgunga qadar qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.