Samarqandda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bu haqda viloyat IIO FMB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 28-sentyabr kuni soat 11:15lar atrofida Samarqand shahar Dahbed koʻchasida beshta transport vositasi ishtirokida YTH sodir boʻlgan.

    YTH oqibatida jarohat olgan va vafot etganlar yoʻq.

    Barcha haydovchilardan yoʻllarda yoʻl harakati qoidalariga amal qilib, tezlikni meʼyoridan oshirmasdan harakatlanishlarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.