Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. shu tumandagi mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 100 ming AQSH dollari talab qilib, soʻralgan pulning 70 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.