Bosh shifokor Tozagul Xoliqovaning “Milliy“ telekanaliga maʼlum qilishicha, shifoxonaga 23 nafar ayol yotqizilgan, ulardan biri voqea joyida halok boʻlgan. Ayollarning jarohatlari ogʻir: 16 nafar yoʻlovchi jarrohlik boʻlimiga, ikki nafar ayol reanimatsiyaga yotqizildi. “Ularning ahvoli ogʻirroq, reanimatsiyada davolanyapti“, — degan shifokor.
Viloyat IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborotiga koʻra, avtohalokatga avtobus haydovchisi “Cobalt” rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni meʼyoridan oshirib yuborgani va tormozni keskin ravishda bosgani sabab boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 11-fevral kuni Jomboy tumani Samarqand mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1079-kilometrida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Zhong tong” rusumli avtobus harakatlanib kelayotib koʻprik ustida yoʻl-transport hodisasi uchragandi.