Maʼlum qilinishicha, hodsa shu yilning 30-oktyabr kuni soat 21:00larda, Narpay tumani “Didan” MFY hududidan oʻtuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yoʻlining 115 km.da sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “YUTONG BUS ZKB 122” rusumli avtobus haydovchisi Samarqand-Buxoro yoʻnalishida harakatlanib kelayotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib kelib yoʻlning belgilangan qismidan qayrilib olayotgan, TTZ 80.1 rusumli traktorining tirkamasiga borib urilishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan Narpay tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.