Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi F.S. boshqaruvida boʻlgan “ISUZU” rusumli jamoat transportini boshqarib ketayotib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumtaʼlim maktabi yaqinida yoʻlni oʻng tomonidan chap tomoniga kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
Yoʻl transport hodisasi oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.