Ta’kidlash joizki, Samarqand shahar IIB tomonidan bugungi kunda M.ga himoya orderi berilgan va maxsus markazga farzandlari bilan birga joylashtirilgan. Qolaversa, markazda malakali psixologlar jalb qilinib, psixologik yordam berilayapti, shuningdek, M. to‘liq tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazilgan. Barcha zarur dori vositalari olib berilib, sog‘lig‘ini tiklashi uchun yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda jabrlanuvchi mazkur maxsus markazda 2 nafar farzandi bilan yashab kelmoqda.
Bundan tashqari, M. va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahar IIB tomonidan himoyaga olinib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda uning turmush o‘rtog‘i Sh. ga nisbatan Samarqand shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegishli idoralarga ushbu masala qonuniy ko‘rib chiqilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.