Unda Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) paydo boʻlishi tarixi, aʼzo mamlakatlar haqidagi va boshqa muhim maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.

Muallifning qayd etishicha, SHHTga raislik qilayotgan Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning tarixiy markazi – Samarqandda davlat rahbarlarining sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan sammitiga faol tayyorgarlik koʻryapti. Uning fikricha, iyul oyi oxirida Toshkentda boʻlib oʻtgan SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammiti bu yoʻldagi muhim bosqich boʻldi.

Muallif SHHT Bosh kotibi Chjan Minning “SHHT ruhini ommalashtirgani” uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovga katta tayyorgarlik ishlari uchun minnatdorlik bildirgan nutqidan parcha keltiradi.

Maqolada qayd etilishicha, iyul oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda SHHT tashqi ishlar vazirlari oʻz davlatlari rahbarlariga Belarusning kuzatuvchi maqomidagi mamlakatdan Shanxay hamkorlik tashkilotining toʻlaqonli aʼzoligiga oʻtishini koʻrib chiqish masalasida oʻz davlatlari rahbarlariga tavsiya etishga kelishib oldi.

Muallifning yozishicha, oldinda turgan Samarqand sammiti jahon siyosatida muhim voqea boʻladi, shuningdek, SHHT makonining geosiyosiy chegaralarini kengaytiradi hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarbliklarning hal etilishida belgilovchi ahamiyatga ega omil sifatida xizmat qiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.