Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachi bolaning boshiga bir necha marta urgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea "Madina Ko‘zmunchoq" xususiy bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan. Joriy yilning 20-aprel kuni o‘rta guruh tarbiyachisi M.D. tarbiyalanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilgan.

Bog‘cha rahbarining buyrugiga asosan shu yilning 23-aprel kuni fuqaro M.D. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan holat o‘rganilmoqda.