Tadbir Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar koʻmagida tashkil etildi.

Kongressning asosiy voqeasi — “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” (51-60 jild) turkumidagi 10 ta yangi kitob-albomlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shunday qilib, 25 dan ortiq davlatdan 350 ta olimlar, dunyoga mashhur 100 kutubxona va muzeylar kitob-albomlar seriyasi ustida ishlagan toʻplam 60 jildga yetdi.

Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanadigan noyob qadimiy qoʻlyozmaning tarixiy ahamiyati va haqiqiyligi shubhasiz. Kongressda ana shu qadimiy qoʻlyozmaning noyob nashri taqdimoti ham oʻtkazildi. Yevropaning yetakchi nashriyot uylaridan biri Mueller & Schindler oʻzbek zaminining buyuk oʻgʻli, munajjim Mirzo Ulugʻbek buyurtmasi bilan yaratilgan noyob qoʻlyozma faksimilini namoyish etdi.

Kongressda, shuningdek, “Xalqlarni birlashtiruvchi meros” kabi mavzularda “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon”, “Jahon jamiyati uchun yangi yoʻnalishlar: rejalar va istiqbollar”, “Milliy muzeylar va toʻplamlar Jahon jamiyati diqqat markazida” kabi davra suhbatlari ham boʻlib oʻtdi.

Bundan tashqari, Kongress doirasida Oʻzbekiston sanʼatiga oid ikkita noyob kitob: “Orol va Amu qirgʻoqlarida. Qoraqalpoq sanʼati” va “Bezak: estetika, sehr, maʼno” kitoblari ham taqdim qilindi.

Shu bilan bir qatorda Samarqand shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqatida” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ham oʻtkazilmoqda.