Viloyat hokimi oʻrinbosari Akmal Shukurov, viloyat transport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Joʻrabek Qorjovov, viloyat IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Farhod Shayzoqov hamda Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov va uning oʻrinbosari Rustam Olimovga bir hafta davomida avtobus va taksida yurib, aholiga qanday transport xizmati koʻrsatilayotganini oʻrganish vazifasini topshirildi.
Maʼlum boʻlishicha, Akmal Shukurov ana shu topshiriq asosida bugunning oʻzida Samarqand shahridagi avtobuslarga yoʻlovchi sifatida chiqib vaziyatni oʻrganishni boshlabdi, deb xabar beradi Samarqand viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati.