Unda Samarqand davlat universiteti sanʼatshunoslik fakulteti dekani oʻrinbosari lavozimida ishlovchi Sherzod P. ushbu fakultetning birinchi bosqich talabasi Shahnoza I.ni psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilish va uni yakuniy imtihonga kiritish evaziga 500 AQSH dollarini tadbir ishtirokchisi B.B.dan olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davomida Sherzod P. dan 500 AQSH dollari pul mablagʻlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Sherzod P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.