Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan MCHJ fosh etildi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri va Jomboy tumani boʻlimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “S.u.“ MCHJ rahbari Sh.X. oʻziga tegishli klubda, “S.e.“ MCHJ ish boshqaruvchisi R.X. ishlab chiqarish sexida elektr uskunalarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 359,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.