Samarqandda elektr stansiyalari qurish uchun 1,8 mlrd dollar sarmoya kiritiladi

    Buning uchun Sazagan Solar 1 boʻyicha 758 mln. dollar, Sazagan Solar 2 boʻyicha esa 1 mlrd. 049 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

    ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Samarkand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 334 MVt elektr energiyasini saqlash tizimini hamda uning faoliyatini taʼminlashga xizmat kiluvchi podstansiyani qurish uchun jami salkam 1,8 mlrd. soʻm investitsiya kiritadi.

    Bu haqda 4-iyul kuni Prezidentning 2 ta qarori imzolangan. Buning uchun Sazagan Solar 1 boʻyicha 758 mln. dollar, Sazagan Solar 2 boʻyicha esa 1 mlrd. 049 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

    Bunda aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish maqsad qilingan.

    Investitsiya loyihasi doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tapmoqlariga ulash uchun podstansiya va h,avo elektr uzatish tarmoqlari loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi, ishga tushirilgandan soʻng loyiha kompaniyasi ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyati yuklatilgan.

    Sarflangan xarajatlar “Uzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanadi.