Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan dunyo birinchiligida 57 davlatdan 400 nafar sportchi ishtirok etishmoqda va unda hamyurtlarimiz ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi.
Dasturga koʻra, bugun kun davomida, ertaga tushgacha barcha yoʻnalishlarda saralash bahslari oʻtkaziladi.
Boʻlajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz.