Samarqandda fuqaro qadimiy tilla tangalarni Istanbulga yashirincha olib ketmoqchi boʻldi

    Voqea-hodisalar 30 May 2025 780

    Tangalar 1923-yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingani aniqlandi.

    Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Istanbulga parvoz qilayotgan yoʻlovchilardan biri 2 dona qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida fosh qilindi.

    Tangalar 1923-yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekanligi aniqlandi. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 15 mln soʻmni tashkil qilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondan yaratilganiga 50-yildan oshgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini olib chiqish mumkin emas.