Hujjatga koʻra, Samarqand shahri va tumanlar hokimliklari, ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal xoʻjalik korxonalariga 1-noyabrdan boshlab kecha-yu kunduz ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirilgan.
Shuningdek, ularga viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlariga va aholi yashash uy-joylariga, “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir meʼyorda tabiiy gaz, elektr energiyasi quvvati yetkazib berilishini taʼminlash va tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash kabi vazifalar yuklatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanishi uchun harorat besh kun davomida +8 darajadan past boʻlishi kerak.