Zamonaviy va shinam imkoniyatlarga ega boʻlgan uylar 2 va 3 xonadan iborat boʻlib, endilikda u yerda 45 nafar harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari istiqomat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida okrug qoʻmondoni, viloyat hokimligi vakillari, pudratchi va quruvchilar, xonadon egalari va yaqinlari ishtirok etdi. Unda soʻz olganlar xonadon egalarini ayyom arafasidagi qoʻshaloq hursandchiligi bilan muborak etib, quruvchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, shu kunning oʻzida Samarqand garnizonidagi harbiy qismda yangidan qurib bitkazilgan 620 oʻrinli Madaniyat markazi okrug qoʻmondonligi va viloyat hokimli ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti