Joriy yil 3-yanvar kuni soat 22:50 larda Samarqand tumani Oʻzbek kenti mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda yuk avtomobillari oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻlib, transport vositalarida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
YTH natijasida jarohat olganlar yoʻq.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.