Institutda turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Tibbiyot fani va texnologiyasining zamonaviy yutuqlari» mavzucidagi konferensiya doirasidagi mazkur amaliyot hudud, balki yurtimiz tibbiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Konferensiyada ilmiy-tekshirish markazlari xodimlari akusherlik va ginekologiya, onkologiya, xirurgiya, urologiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan shifokorlar qatnashdi.
Xalqaro konferensiyani Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev ochib berdi. Konferensiya doirasida «Bepushtlikni davolashning zamonaviy usullari, IVF orqali davolash muvaffaqiyatlari», «Suyak iligi transplantatsiyasi», “ Yangi texnologiyalar orqali onkourologiya va onkonefrologiyada davolash afzalliklari» , “ Yuqori texnologiyali sog‘liqni saqlash, organ transplantatsiyasi bo‘yicha maxsus tadqiqotlar», «Umumiy onkologiya, kanserogenez, epidemiologiya masalalari, xatarli o‘smalarni tashxislar va davolash tamoyillari», «Buyrak transplantatsiyasi» va «Ginekologiyada estetik jarrohlik» mavzularida mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.
Kelgusida SamDTI hamda Turkiyaning “Medical Park” klinikasi o‘rtasidagi memorandumga asosan buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha ham jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun Respublikamizda 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari, ya’ni 10 foizi jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Bugungi kunga qadar mamlakatimizda jami 10 ta jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi.
O‘zA