Shu munosabat bilan bugun tongdan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida viloyat va shahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari Hazrati Xizr majmuasida boʻlib, Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilindi.
Birinchi Prezidentimizning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari, Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.
Shundan soʻng Registon maydoni yaqinida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga viloyat va Samarqand shahar hokimligi, davlat idoralari, muassasalar va jamoat tashkilotlari tomonidan gullar qoʻyildi.