Bu borada mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan viloyat ma’muriyati bilan «NIKAMI Enterprise» rahbariyati o‘rtasida tashkil etilgan onlayn muzokaralar chog‘ida kelishuvga erishildi.

Ushbu loyiha «NIKAMI Enterprise» kompaniyasining investitsiya strategiyasining bir qismi, shuningdek, 2019-yilda Samarqand viloyati hokimligi bilan imzolangan memorandumda belgilangan vazifalar doirasida amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joiz, bu «NIKAMI Enterprise» kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan uchinchi loyihadir. Joriy yilning 11-mayida Adliya vazirligida «NIKAMI FENIX Tech» birinchi qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olingan edi. U ikkita investitsiya loyihasini amalga oshiradi. Ular suv turbinasi texnologiyalaridan foydalangan holda mini-energiya shamol stansiyasini qurish va baliqchilik uchun zamonaviy yuqori kaloriyali ozuqa ishlab chiqarish korxonalaridir.

Videokonferensiya davomida tomonlar zamonaviy raqamli platformalar imkoniyatlari va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yana bir qo‘shma korxona ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ayni paytda qo‘shma korxona uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, O‘zbekiston tomonidan sherik aniqlandi. Ispaniya tomoni texnik-iqtisodiy asoslash va O‘zbekistonga yetkazib berish uchun texnik uskunalar hamda ehtiyot qismlarni tanlashni amalga oshirmoqda.

Tadbir natijasida tomonlar navbatdagi qo‘shma korxonani joriy yilning sentyabr oyi boshida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazishga kelishib oldi.