Samarqand viloyati YHXB mazkur holat yuzasidan aniqlik kiritdi.
Maʼlum qilinishicha, videoda aks etgan holat oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, aslida rulda kar haydovchi bo‘lmagan. Uch nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda voqeani sahnalashtirib, uni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzarlar aniqlanib, ularning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Sud qaroriga ko‘ra, avtomashinani boshqargan shaxsga 8 sutka, uning yonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchiga esa 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, tekshiruvlar davomida transport vositasini boshqargan haydovchining haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlandi. Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.