Samarqandda korxona rahbari imtiyozli kreditni oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi

    Kattaqoʻrgʻon shaharida 500 mln soʻm imtiyozli kreditni oʻzlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Z.” MCHJ raxbari N.B. hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 500 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari evaziga xarid qilingan uskuna va xom-ashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.