Jumladan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona postida qoʻshni davlatga yoʻl olgan fuqaro boshqaruvidagi avtomobil bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, bagajda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida va boxjona xodimining og'zaki so'rovida ma'lum qilinmagan qadimiy qumgʻon, zargarlik buyumlari hamda idishlar borligi aniqlandi.
Tegishli ruxsatnomaga ega boʻlmagan mazkur ashyolarning umumiy qiymati 34 million soʻmni tashkil qilmoqda.
Qonunchilikka koʻra, yaratilganiga 50 yildan oshgan tarixiy va madaniy qiymatga ega buyumlarni olib chiqish mumkin emas.