Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahri, Mirsaid Baraka koʻchasi, 47-uy manzilida ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyini Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanishi mumkin.

Samarqand viloyati hokimligi muzey binosini taʼmirlash va tegishli hududini obodonlashtirishi lozim.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzeyni malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlash choralarini koʻrishi, muzeyga zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy choralarini koʻradi.