Onlayn hamkorlik uchrashuvida 2020-2021 o'quv yilida ikki oliygoh o'rtasida oldindan rejalashtirilib kelinayotgan ta'lim yo'nalishlari va qo'shma dasturlarni tashkil etish, ya'ni bakalavr ta'lim bosqichida jurnalistika va turizm yo'nalishlari bo'yicha Malayziyaning "City University of Malaysia" universitetining Samarqand davlat chet tillar instituti tarkibida filialini ochish, shuningdek, bakalavr ta'lim bosqichida 2+1 qo'shma dasturi asosida maktabgacha ta'lim yo'nalishini tashkil etish (2 yil SamDCHTIda, 1 yil Malayziyaning "City University of Malaysia" universitetida tahsil olishadi) borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 –  Malayziya universiteti bilan birgalikda hamkorlik ishlari olib borishga kelishib oldik, –  deydi institut rektori Ilhomjon To'xtasinov. – Universitet bilan onlayn tarzda shartnoma imzoladik. Unga ko'ra, institutda jurnalistika fakul`teti ochiladi. Talabalar 2 yil bizda, 2 yil Malayziya universitetida tahsil oladi. Xuddi shunday turizm yo'nalishida ochilayotgan fakul`tetimizda ham talabalar 2+2 dasturi asosida ta'lim oladi.

 Onlayn hamkorlik uchrashuvi doirasida institutda ochiladigan Malayziyaning "City University of Malaysia" universiteti filialining o'quv binolarini yangi o'quv yiliga tayyorlash, qabul jarayonlarini tashkil etish, kvotalar hamda shartnoma to'lovlarining miqdorini belgilash kabilar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ushbu hamkorlik muzokaralari natijasida rejalashtirilgan va imzolangan hamkorlik memorandumida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida kelasi hafta hamkorlik shartnomasi imzolanishiga kelishib olindi.

Asilbek Abduraimov,

SamDCHTI Axborot xizmati rahbari