Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining bergan xabariga koʻra, hodisa 2020-yil 5-oktyabr soat 16:10 larda 4R-48 avtomobil yoʻlining 69-kilometrida sodir boʻlganligi maʼlum boʻlgan.

Ushbu yoʻlda harakatlanib kelayotgan “Malibu” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning oʻng tarafidagi suv oqib oʻtadigan zovurga tushib ketgan.

Natijada, avtomashina ichida boʻlgan haydovchi va 1 nafar yoʻlovchi tan jarohati olib tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan.

Hozirda 2 nafar fuqaroning ham ahvoli yaxshi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.