Bugun, 12-dekabrda Samarqand shahridagi 80-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ushbu nufuzli fan olimpiadasiga start berildi.

Bellashuvda viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi umumtaʼlim muassasalarining 500 nafardan ortiq matematika fani oʻqituvchilari ishtirok etyapti.

Mazkur respublika fan olimpiadasi oʻtkazishdan maqsad — yuksak bilim, malaka va kasbiy mahoratga ega oʻqituvchilarni aniqlash, ularni har tomonlama ragʻbatlantirish.

Bugun oʻqituvchilar matematika fani boʻyicha test sinovlari orqali bilimini sinovdan oʻtkazsa, ertaga 13-dekabrda yozma ishlar orqali pedagogik mahoratlarini namoyon etadi, deb xabar beradi Samarqand viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.