Mirzo Ulugʻbek nomidagi matematika, fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimida samarqand viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Zebiniso Shodiyeva soʻzga chiqib, oʻquvchi va oʻqituvchilarni yangi maktab bilan tabrikladi. Ushbu muassasada yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan ilgʻor va bilimli kadrlar yetishib chiqishiga tilak bildirdi.
Maktab-internatda oʻquvchilarning matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlarini chuqur oʻrganishi, ushbu fanlardan respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi belgilandi. Oʻquvchilar 4 mahal mazali issiq ovqat bilan taʼminlanadi. Davlat test markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan sinov imtihonlari asosida 60 nafar 7-sinf, 60 nafar 8-sinf, jami 120 nafar oʻquvchi maktab-internatga qabul qilindi.
Samarqand garnizoni harbiy orkestri, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi ijodiy guruhlarining chiqishlari tantanali marosimga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.