Sessiya ishini Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo'yicha doimiy komissiyalarining majlislari ochib berdi.
Tadbirlarda MDH PAga kiruvchi mamlakatlar parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a'zolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar, jami 500 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda.
Bugun MDH PA Kengashining majlisi ham bo'lib o'tadi. Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi, 2022-yilda o'tkaziladigan tadbirlar yakunlarini sarhisob qiladi, MDH hududida saylov kampaniyalari monitoringi to'g'risidagi axborotni eshitadi.