Sessiya ishini Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy komissiyalarining majlislari ochib berdi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarining yosh parlamentlari a’zolari MDH ishtirokchi davlatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisiga to‘planadi.
Bugun MDH PA Kengashining majlisi ham bo‘lib o‘tadi. Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi, 2022-yilda o‘tkaziladigan tadbirlar yakunlarini sarhisob qiladi, MDH hududida saylov kampaniyalari monitoringi to‘g‘risidagi axborotni eshitadi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Olmiy Majlis Senati axborot xizmati.