Maʼlum boʼlishicha, soat 21:40 da Sadriddin Аyniy koʼchasida harakatlanayotgan Nexia-3 boshqaruvi yoʼqotilishi oqibatida yoʼlning oʼng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning yertoʼlasiga tushib ketib harakatdan toʼxtagan.

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yengil tan jarohat olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilib haydovchiga birinchi tibbiy yordam koʼrsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Holat yuzasidan masʼul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.