Qarorga koʻra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish oʻrinlarini yaratish.
Nurobod tumani Sazagʻon massividagi boʻsh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MCHJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan.
Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini koʻp qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.









