Ana shunday manzillardan biri Samarqand viloyatidir. Dasturga viloyatning 4 ta mahallasi – Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Choʻyanchi”, Oqdaryodagi “Yangiqoʻrgʻon”, Pastdargʻomdagi “Olti qahramon” va Ishtixondagi “Chagʻatoy” mahallalari kiritilgan.

Bugungi kunda tanlab olingan mahallalarda 18 679 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzillarda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha “xonadonbay” xatlov oʻtkazilib, hududlar kesimida “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi va ishlar boshlab yuborildi.

Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 44 ta koʻcha obodonlashtirildi.

Xususan, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 362 dona eski simyogʻochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 19 ta TP punktlari kapital tamirlandi va 5 ta yangi TP oʻrnatildi, 1,6 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.

Mahallalardagi ichki yoʻllarning jami 8,2 km qismiga asfalt yotqizildi va 39,9 km uzunlikdagi qismi shagʻallashtirildi. Hududlardan oʻtuvchi jami 4,7 km uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalandi.

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida jami 45 ta GTP kapital taʼmirlandi va 27,0 km gaz quvurlari joriy taʼmirlandi. Shuningdek, 9 ta isitish qozonlari qayta rekonstruksiya qilindi.

Hududidagi ijtimoiy soha obyektlariga jami 65,3 tonna va aholi xonadonlariga 4,0 tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berildi.

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 3,7 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan 4 dona suv inshooti oʻrnatildi.

Mahallalardagi mavjud 13 ta qabriston toʻliq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mahalla binosi va ijtimoiy obyektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yoʻnalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosini qurish ishlari boshlandi. Hududlardagi 2 ta umumtaʼlim maktabida kapital taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Aholi sogʻligʻini yaxshilash maqsadida 9 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi shuningek, 560 ta fuqaroga bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Jami 65 nafar fuqaro viloyat va tuman sogʻliqni saqlash muassasalarida sogʻligʻi tiklandi.

Ishlar davom etmoqda.