Samarqandda odam savdosi bilan bogʻliq holat fosh etildi

    DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIV Samarqand viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi bilan hamkorligidagi oʻtkazilgan tadbirda odam savdosi bilan bogʻliq holat aniqlandi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1974-yilda tugʻilgan Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi F.Z. 1991-yilda tugʻilgan paxtachilik M.I.ning ishonchiga kirib, kelgusida intim xizmatlar koʻrsatishda foydalanish maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga joʻnatishni rejalashtirayotganligi aniqlanib, F.Z. Samarqand xalqaro aeroportida aviatsiya xavfsizligiga tekshiruvdan oʻtkazilayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rejalashtirilmoqda.