Tadbirda, shuningdek, «The Coca-Cola» kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Quiney va «ANADOLU GROUP» boshqaruvi raisi Tunay Ozilxon ham qatnashdi.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda «Coca-Cola» kompaniyasining Toshkent, Urganch shaharlari va Namangan viloyatida jami 500 million dollarlik 3 ta zavodi faoliyat koʻrsatadi. 1 500 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan. Har yili taxminan 171 million unit case ishlab chiqariladi, bu 900 million litrdan ortiq ichimliklardir.
Foydalanishga topshirilgan 80 million dollarlik yangi korxonaning maydoni 18,5 gektarni tashkil etadi. Bu yerda yiliga 280 million litr ichimlik ishlab chiqariladi, 200 ish oʻrni yaratildi.
Shuningdek, kompaniyaning 2025-yil mart oyida Namangan shahrida 50 million dollarlik yangi liniyani ishga tushirish boʻyicha rejalari ham maʼlum qilindi. Shu bilan birga, mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatiga sarmoya jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, «The Coca-Cola» va «ANADOLU GROUP» rahbarlari Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uzoq muddatli loyihalarni ishonch bilan amalga oshirishlari uchun yaratilgan sarmoyaviy muhitni yuqori baholadilar va mamlakatimizda oʻz bizneslarini yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.