Urgut tumani Qolduvoyjar mahallasida yashovchi B.I. oʻzining yashash uyining xonasida, noqonuniy ravishda oʻziga tegishli boʻlgan rangli printeri orqali 100.000 soʻmlik kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarib, muomalaga kiritib kelganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, B.I.ning qarindoshi D.ning yashash uyi koʻzdan kechirildi.

Ushbu shaxs ham oʻzining yashash uyida jami 3.500.000 soʻm miqdoridagi qalbaki pullarni saqlab kelayotganligi aniqlanib daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Urgut tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati