Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 30-iyul kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi va Koʻkdala tumanlarida yashovchi O.Eshimov, E.Uralov, I.Doniyorov, S.Ravshanov, Z.Ochilov, O.Abriyev va E.Xasanovlar Nurobod tumani, “Poʻlat” mahallasida yashovchi tanishi M.Maxmudovning tugʻilgan kunini nishonlash maqsadida kelishgan.
Shu kuni soat taxminan 17:30 da “Poʻlat” mahallasi hududidan oʻtgan Kattaqoʻrgʻon suv omboriga choʻmilish maqsadida borishib, ushbu joyda boʻlgan qayiq bilan O.Eshimov, E.Uralov, I.Doniyorov, S.Ravshanov, Z.Ochilov, O.Abriyev va E.Xasanovlar suv omborining qirgʻogʻidan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borishib, qayiq ustida fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilishganligi sababli, muvozanatni yoʻqotib, qayiq agʻdarilib ketgan.
Oqibatda, qayiqda boʻlgan Z.Ochilov, O.Abriyev va E.Xasanovlar qirgʻoqqa suzib chiqishgan, O.Eshimov, E.Uralov, S.Ravshanov va I.Diyorov esa choʻkib ketgan.
Olib borilgan qutqaruv ishlari davomida marhumlarning murdasi topilgan, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.