Samarqandda sayyohlarga nisbatan kuch ishlatgan xodimlarga jiddiy chora koʻriladi
Turizm
23 may 2022, 10:25
1 484
Joriy yilning 20-maydan 21-may kuniga oʻtar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari Mirzo Ulugʻbek koʻchasida qoʻshni mamlakatdan respublikamizga mehmonga kelgan sayyohlarni shaxsini tekshirish jarayonida qoʻpol munosabatda boʻlib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qoʻllash vakolatini suiisteʼmol qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Tekshiruv yakuniga koʻra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga masʼul rahbarlarining xizmatdan boʻshatilishi va javobgarlik masalasi koʻrib chiqiladi, deydi IIV matbuot kotibi Sh.Gʻiyosov.