Bayonotda keltirilishicha, shu yilning 17-iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bogʻishamol mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-47 avtomobil yoʻlining 61 km.da “Kamaz- 53212” rusumli yuk avtomashinasi va “Nexia 3” rusumli avtotransport ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, olgan tan jarohati natijasida “Nexia 3” rusumli yengil avtomashinasida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining raisi T. Rustamov (1986-yilda tugʻilgan) voqea joyida vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









